Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

INSTITUTNING LABORATORIYASI XALQARO E’TIROFDA VA YUKSAK NATIJAGA ERISHDI

Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida quvonchli kun sababi yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan brutsellyoz bo‘yicha xalqaro Proficiency Testing dasturida Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Brutsellyoz laboratoriyasi jamoasi o’z mahsulotlari bilan ishtrok etgan edi.

Mazkur dastur Italiyadagi Istituto Zooprofilattico Sperimentale dell’Abruzzo e del Molise “G. Caporale” (IZS Teramo) referens laboratoriyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Sinov doirasida laboratoriyaga yuborilgan serologik panel namunalarini tekshirish natijasida 100 foizlik aniqlikdagi natija qayd etildi.

Ushbu yuqori ko‘rsatkich laboratoriyaning diagnostik salohiyati, sifat menejmenti tizimi va mutaxassislar malakasining xalqaro standartlarga mos ekanligini tasdiqladi.

Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, Brutsellyoz laboratoriyasiga xalqaro darajadagi sertifikat topshirildi.

Ushbu muvaffaqiyat O‘zbekistonda hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, zoonoz kasalliklarni nazorat qilish hamda veterinariya diagnostikasini xalqaro talablar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim yutuqlardan biridir.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyatini hamda Brutsellyoz laboratoriyasi jamoasini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan