Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

INSTITUTNING NAVBATDAGI ILMIY KENGASHI BO’LIB O’TDI

Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining kichik majlislar zalida rejaga muvofiq Ilmiy kengash bo’lib o’tdi.

Kunning asosiy masalalariga o’tishdan oldin institut direktori X.T.Yuldoshev quvonchli yangiliklar borligini, agar kengash ruhsat bersa ushbu xabar bilan boshlashini aytib o’tdi.

Institutning eng ilg’or mudirlaridan hisoblangan A.D.Ulug’muradov qo’mita raisi tomonidan “Veterinariya fidoyisi” kukrak nishoniga loyiq ko’rilgani munosabati bilan u kishiga ushbu nishon butun institut jamoasi oldida tantanali topshirildi.

Undan tashqari o’zlarining tirishqoqligi va ilmga bo’lgan sadoqati bilan tengqurlariga o’rnak bo’lib kelayotgan olima ayollar I.Y.Sultanova, I.D.Sheraliyeva hamda X.J.Usmanovalarga ham Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan nufuzli xalqaro “Faol tadqiqotchi” ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etganligi uchun munosib ko’rilib ko‘krak nishonlari olganligi ta’kidlandi va ularga ham ushbu nishon tantanali topshirildi.

Eng quvonarli yutuqlardan biri deb topilgan yana bir xodim B.K.Uluqovga ham OAK tomonidan falsafa doktori darajasi diplomi topshirildi.

Qizg’in qutlovlardan so’ng X.T.Yuldoshev kunning asosiy masalalariga o’tishni aytib o’tdi va reja asosida masalalar muhokama qilindi, tegishli bo’lim va xodimlarning axborot va hisobotlari tinglandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan