Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

Jarayon

🏢 Respublikamizda 18-apreldan 18-maygacha “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tegishli buyrugʻi bilan “Sog‘lom chorva – farovon mahalla” shiori ostida tegishli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

☑️ Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari labaratoriyasi mudiri v.f.f.d., katta ilmiy xodim Sh.Q.Baliyev, Veterinariya sanitariyasi va urchitish patologiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi v.f.f.d., S.A.Suvonov va Ilmiy kadrlarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish shuʼbasi mudiri v.f.f.d., B.K.Uluqovlar ishtirokida Andijon viloyati Baliqchi tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida soha mutaxassislari va tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbarlariga o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📒 Seminar avvalida olimlar dastlab tumandagi epizootik holat bilan tanishdi. Soha mutaxassislariga yuqumli kasalliklar tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha hamda chorva hayvonlarining ginikologik va parazitar kasalliklari yuzasidan institutda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida maʼlumot berib oʻtildi. Seminar qatnashchilari oʻzlari qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldi.

♻️Seminardan soʻng VITI olimlari ushbu tumandagi chorvachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga tashrif buyurib, kelajakda hamkorlikda ishlash yuzasidan bir nechta istiqbolli shartnomalar imzoladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan