Bugun soat 10:00 da Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengash xonasida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda bitta masala Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Avliyoqulov Murodjon Turg’un o’g’lining tanlagan mavzusi bo’yicha tayyorlagan taqdimoti muhokama qilindi.


Tadqiqotchining mavzusi 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligiga oid bo’lib “HAYVONLAR BRUTSELLYOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASHISHDA ELEKTRON MONITORING TIZIMI VA EPIZOOTOLOGIK USULLARNING INTEGRATSIYASI” mavzusiga bag’ishlangan.


Taqdimot tugagach mutaxassislar tomonidan qiziqarli savollar bilan murojaat qilindi tadqiqotchi esa tegishli javoblari bilan chiqish qildi.


Yig’ilish yakuniga ko’ra Avliyoqulov Murodjon Turg’un o’g’li veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining Laboratoriyalararo kengaytirilgan yig’ilishdan muvoffaqiyatli o’tdi va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.


Fikr bildirish