Bugun Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli Qaroriga asosan, mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar imtihon qilindi.
Yig’ilish kotibi B.Uluqovning bergan ma’lumotiga ko’ra talabgorlar «daraja.ilmiy.uz» platformasi orqali hujjat topshirgan va barcha hujjatlari talab darajasida ekanligi yig’ilish qatnashchilariga aytildi.
Shundan so’ng ulardan kelajakda bajarmoqchi bo’lgan ilmiy ishlari yuzasidan so’zga chiqishga ruhsat berildi, tinglovchilar o’zlarida qiziqarli savollar bilan nomzodlarga murojaat qilishdi.
Yig’ilish yakuniga ko’ra 2026-yil III chorak uchun talabgorlar yig’ilish komissiya xulosasiga koʻra mustaqil tadqiqotchilar safiga qabul qilindi.





Fikr bildirish