Telefon: +998 66 666-56-30

,

Oçiq osmon ostidagi laboratoriya: VITI tajriba xöjaligida kuzgi monitoring

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ulkan amaliy salohiyatini namoyon etiş hamda ilm-fan çöqqilariga intilayotgan yoş olimlarga qanot böliş maqsadida professional monitoring işlari qizğin davom ettirilmoqda.

Kuni keça institutning «Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari» laboratoriyasi mudiri, v.f.f.d., katta ilmiy xodim Ş.K.Baliyev rahbarligida tadqiqotçi olimlar — laboratoriyaning jonkuyar katta ilmiy xodimlari, v.f.f.d. R.M.Uraqova va v.f.f.d. M.Y.Rahimovlar tabiat qöynida navbatdagi gözal kuzatuvlarni amalga oşirdilar.

Mazkur tadqiqot obyekti — institut hududida, oçiq osmon ostida joylaşgan haqiqiy jonli laboratoriyadir. Bu yerda mitti va mehnatkaş jonivorlar bölmiş asalari oilalarini parvarişlaş işlari batamom tabiiy muhitda va qatʼiy ilmiy nazorat ostida olib borilmoqda. Laboratoriya mudiri Ş.K.Baliyev boşçiligida ilmiy asosda yuritilayotgan uşbu yam-yaşil tajriba maydoni institutda asalari kasalliklarining sir-asrorlarini örganayotgan, ularning oldini oliş va davolaşning samarali yöllari ustida ilmiy izlaniş olib borayotgan yoş tadqiqotçilar uçun öziga xos amaliy poligon vazifasini ötamoqda.

Olimlar tomonidan ötkazilgan körik natijalari har qaçongidan ham quvonarli böldi. Institut hududidagi musaffo va qulay ekologik muhit tufayli asalari oilalarining soğlomlik darajasi juda yuqori bölib, qişlov mavsumiga tayyorgarlik köriş jarayoni yoruğ yuz bilan, tizimli ravişda ketmoqda. Kuz nafasi kezib yurgan bölsa-da, uyalarda hanuz oltin bol yiğiş va rang-barang gul çanglarini töplaşdek jadal mehnat jarayoni davom etmoqda.

Şunisi eʼtiborga loyiqki, uyaning har bir bölimida 3,5-4 kg gaça tabiiy ozuqa (asal) zaxirasi ğamlab qöyilgan. Bu esa mitti mehnatkaşlarga ayni damda qöşimça ozuqa berişga heç qanday xojat yöqligidan dalolat beradi.

Kelgusida uşbu sohani yanda rivojlantirib, asalari oilalari sonini oşiriş va institut xodimlarini tabiiy hamda sifatli asal bilan taminlaş rejalaştirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

⚠️

Obuna faol emas

Sizning veb-sayt hosting obunangiz faol emas. Iltimos, ushbu veb-saytga kirishni davom ettirish uchun obunangizni yangilang.

Obunani yangilash