Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari kirib kelishining oldini olish va epizootik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida epizootik monitoring ishlari boshlandi.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi 19-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etildi. Unda respublika ishchi guruhi, viloyat boshqarmasi mas’ullari hamda Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (VITI) olimi, veterinariya fanlari doktori, professor I.X.Salimov faol ishtirok etmoqda.
Monitoringning asosiy maqsadlari:
- Kasalliklarning oldini olish: Dunyo va qo‘shni davlatlardagi epizootik vaziyatni hamda o‘tgan yillardagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali xavfli yuqumli kasalliklarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.
- Tezkor tashxis va nazorat: Kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga aniq tashxis qo‘yish chora-tadbirlarini kuchaytirish.
- Samaradorlikni oshirish: Tarqalish xavfini bartaraf etishga qaratilgan veterinariya-profilaktika tadbirlarining amaldagi holati va samaradorligini doimiy nazorat qilib borish.











Fikr bildirish