Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Pastdarg‘om tumanida epizootik barqarorlikni ta’minlash borasida amaliy tadbirlar tashkil etildi.
Institut doktoranti Sh. Hakimov hamda tayanch doktorantlar I. Hazratqulov va T. Nurgaliyevlar tuman aholisiga tegishli shaxsiy dehqon xo‘jaliklarida bo‘lib, qo‘ylarni xavfli klostridioz kasalliklariga qarshi profilaktik emlash ishlarini olib borishdi.
🎯 Tadbir doirasida amalga oshirilgan asosiy ishlar:
- Epizootik tahlil: Tumandagi mavjud epizootik holat mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
- Profilaktika va emlash: Qo‘ylarni klostridioz infeksiyalaridan ishonchli muhofaza qilish uchun emlash jarayonlari bevosita joyida, xonadonbay usulda bajarildi.
- Ilmiy tavsiyalar: Xo‘jalik egalariga chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash, to‘g‘ri parvarish qilish va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.








Fikr bildirish