Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida chorvachilik hayvonlarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda veterinariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida kuzgi profilaktik emlash tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
📋 Yaqinda Respublika ishchi guruhi tumanga tashrif buyurib, veterinariya monitoringi va profilaktik emlash ishlarining borishini bevosita ko‘zdan kechirdi. E’tiborlisi, bu yilgi emlash tadbirlari mutlaqo yangicha — «mahallabay» va «xonadonbay» usulida, har bir chorva hayvonini qamrab olgan holda yuqori sifat bilan amalga oshirilmoqda.
🔬 Mazkur mas’uliyatli jarayonga Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori X.U.Murodov boshchiligidagi malakali mutaxassislar ham yaqindan ko‘maklashmoqda.
✨ Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz chorva salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ushbu keng ko‘lamli tadbirlar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi A.A.Urunov tashabbusi bilan amaliyotga tatbiq etilmoqda.







Fikr bildirish