Telefon: +998 66 666-56-30

QUYONCHILIKDA GELMINTOZLAR O’RGANILMOQDA

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi G.Urunova SamDVMCHBU Toshkent filiali tayanch doktoranti J.Daminov hamda izlanuvchilarning Ilmiy rahbari professor N.Yuldoshev rahbarligida Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o’tkazish davlat ilmiy nazorat markazi laboratoriyasida tajribalarini o’tkazishdi.

Tajribalarda quyonlar gelmintozlarini o’rganish ishlari bajarilgan bo’lib, dastlabki tadqiqot ishlarida koprologik tekshirish ishlari olib borildi, parazit tuxumlari topilgan quyonlarda ikkinchi bosqich tajribalar patologoanatomik yorib ko’rish yo’li bilan parazit gelmintlarning yetuk shakllari topildi.

Kelgusida ushbu tajribalarni aynan analoglar qoidasida quyonlarni guruhlarga bo’lib gelmintlarni preparatlarga ta’sirchanligi ustida tajribalar o’tkazish maqsad qilib qo’yilgan.

Tadqiqotchilar aynan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulotlarni sifat darajasida eng ustun bo’lgan va Respublikamizda yangi yo’nalish hisoblangan quyonchilik yo’nalishida katta zarar keltirayotgan gelmintozlar ustida ishlashmoqda.

🏛VITI Axborot va matbuot xizmati.
👉https://t.me/viti_rasmiy
Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz.

“QUYONCHILIKDA GELMINTOZLAR O’RGANILMOQDA” ga 2 ta javob

  1. Ravshan Daniyerov Avatar
    Ravshan Daniyerov
    1. Alisher Xushnazarov Avatar
      Alisher Xushnazarov

Alisher Xushnazarovga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan