Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Mikrobiologiya laboratoriyasida institutning tayanch doktoranti Usmanov Islomiddin G‘ofur o‘g‘lining ilmiy mavzusi yuzasidan aprobatsiya ishlari o’tkazildi.
I.G’.Usmanov ilmiy rahbari v.f.d., professor B.A.Elmurodov bilan “Qo‘ylar diktiokaulyozi va pasterellyozining aralash kechishida patomorfologik differensial diagnostikasi” mavzusida II-bosqich aprobatsiyasini komissiya a’zolarining ishtrokida amalga oshirdi.
Ish dasturiga asosan ushbu tajribalarning amaliy qismi “Yosh mollar kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi qo‘ylariga dastlab I-bosqichda Dictyocaulus filaria qo‘zg‘atuvchilari og‘iz orqali sun’iy yuqtirilgan edi.
Tajribani II bosqichida esa Pasteurella multocida qo‘zg‘atuvchilari qorin bo‘shlig‘iga 1 mlrd mikrob hujayrasi miqdorida yuqtirildi.
Tadqiqot davomida tajribadagi qo‘ylar tekshirilib boriladi va qo‘ylar Pasteurella multocida qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangandan so‘ng, patologoanatomik va patomorfologik tekshirishlar amalga oshiriladi.









Fikr bildirish