Telefon: +998 66 666-56-30

,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida “Umummilliy diktant” ğoliblari taqdirlandi

Ōzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda 21-oktabr — Ōzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qōmitasi tizimidagi taşkilotlarda “Qadring baland bōlsin, ona tilim!” şiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi ōtkazilgan edi.

Mazkur taşabbus doirasida bundan ikki kun avval Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida ham xodimlar iştirokida diktant jarayonlari taşkil etildi. Unda institut jamoasi ōzbek tilining imlo qoidalari va adabiy til me’yorlariga oid bilimlarini sinovdan ōtkazib, davlat tilida savodli yoziş hamda rasmiy hujjatlarni tōğri rasmiylaştiriş kōnikmalarini namoyiş etdilar.

Bugun esa institutda uşbu loyihaning yakuniy natijalariga bağişlangan tantanali taqdirlaş marosimi bōlib ōtdi. Tadbirda institut direktori X.T.Yuldoşev hamda Kasaba uyuşmasi qōmitasi raisi I.Y.Sultanova iştirok etib, ğoliblarni hamda barça xodimlarni ōtgan qutluğ ayyom bilan yana bir bor tabrikladilar.

Institut Kasaba uyuşmasi qōmitasi tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan diktantda yuqori natija kōrsatib, faol iştirok etgan xodimlar maxsus sertifikat hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar davlat tilida iş yuritiş madaniyatini yuksaltiriş, xodimlarning savodxonligini oşiriş va ōzbek tilining jamiyat hayotidagi ōrnini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

⚠️

Obuna faol emas

Sizning veb-sayt hosting obunangiz faol emas. Iltimos, ushbu veb-saytga kirishni davom ettirish uchun obunangizni yangilang.

Obunani yangilash