Veterinariya va çorvaçilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutining navbatdagi tinglovçilari Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga taşrif buyurişdi.
Uşbu taşrif doirasidagi barça amaliy jarayonlar va uçraşuvlar institutning maxsus ixtisoslaşgan Hududiy diagnostika laboratoriyasida taşkil etildi. Tinglovçilar laboratoriyadagi iş jarayonlari va zamonaviy tadqiqot usullari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega bōldilar.
Laboratoriyada keçgan uçraşuv avvalida ilmiy xodim S.H.Abdalimov tinglovçilar bilan oçiq savol-javob ōtkazib, ularning malaka va kōnlikmalarini sinovdan ōtkazdi. Şundan sōng, mutaxassis joylardagi laboratoriyalarda eng kōp qōllaniladigan tekşiriş usullari hamda aynan işlab çiqariş xodimlari tomonidan yōl qōyiladigan xatolarni maxsus slaydlar yordamida batafsil tuşuntirib berdi.
Şu yerning ōzida veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD) S.S.Tursunov tinglovçilarga mavzu yanada tuşunarli bōlişi uçun ayrim laboratoriya tekşiriş usullarini amalda bajarib kōrsatdi. Uşbu jonli jarayon iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Bundan taşqari, tinglovçilar institut qoşida davlat-xususiy şeriklik asosida muvaffaqiyatli faoliyat kōrsatayotgan «VetLab» markazi işi bilan ham yaqindan tanişdilar. Yakunda iştirokçilar sohaga oid ōzlarini qiziqtirgan barça savollarga mutaxassislar tomonidan atrofliça javob oldilar.
Hududiy diagnostika laboratoriyasi va VetLab xususiy laboratoriyasida ōtgan uşbu amaliy mağşulotlar tinglovçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy boḡlaşlarida muhim poydevor bōlib xizmat qiladi.
Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining Hududiy diagnostika laboratoriyasida
















«VetLab» markazi





Fikr bildirish