Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti (VITI) Hududiy diagnostika laboratoriyasida Mikroorganizmlar kolleksiyasini saqlash, boyitish va xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlar faol olib borilmoqda.
Ushbu muhim jarayonlar laboratoriya mudiri R.A.Ismatova rahbarligida hamda tadqiqotchi olimlar S.H.Abdalimov, S.S.Tursunov va Sh.S.Hamzayevalardan iborat ishchi guruh tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlar doirasida hozirga qadar quyidagi ishlar yakunlandi:
- Inventarizatsiya va hujjatlashtirish: Laboratoriyadagi mavjud mikroorganizmlar kolleksiyasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
- Tizimni optimallashtirish: Namunalarni xavfsiz va uzoq muddat saqlash rejimlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ushbu izlanishlar mamlakatimizda veterinariya biotexnologiyasi va diagnostikasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.









Fikr bildirish