Brutsellyoz laboratoriyasi ilmiy xodimlari mudir A.Ulug’muradov, katta ilmiy xodim A.Saidov hamda tayanch doktorant B.Kokilov laboratoriyaning 2026-yilda bajarilishi mo‘ljallangan: Farg‘ona vodiysida hayvonlar brutsellyozining seromonitoringi va allergodiagnostikasi, brutsellyozga qarshi B19, Rev-1 va RB51 vaksinalarining samaradorligini qiyosiy baholash ishlarini o’tkazishdi.
Ushbu tashrifda Brutsella shtammlarining liofilizatsiyasi, autentifikatsiyasi hamda ulardan diagnostikumlar ishlab chiqarish mavzusidagi Ish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 13-15-may kunlari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldilar.
Safar chog‘ida Andijon va Farg‘ona viloyatlari «Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markaz»larida hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida bo‘lib chorvadorlar hamda veterinar vrachlarga o‘zlarining amaliy tavsiyalarini berib qaytdilar.








Fikr bildirish