Telefon: +998 66 666-56-30

YUGURISH MUSOBAQASI G’OLIBLARI ANIQLANDI

Bugun erta tongdan Veterinariya ilmiy tadqiqot institutida sportning Yengil atletika turi bo’yicha buyuk bobokalonimiz Amir Temurning 690-yilligi munosabati bilan «Sog’lom avlod sog’lom kelajak» shiori ostida institut direktori va kasaba uyushma qo’mitasi raisi kubigi bo’lib o’tdi.

Musobaqada institutning barcha xotin qizlari ishtirok etishib, 100 m. lik masofada bellashib ko’rishdi, umumiy hisob natijalariga ko’ra III o’rinni laborant Jamila Ayupova II o’rinni tayanch doktorant Saltanat Xudayarova va fahirli I o’rinni kichik ilmiy xodim Zuhra Kiyamova egalladi, undan tashqari faol ishtiroklari uchun ilmiy xodimlar Sayyora Sheraliyeva hamda Zamira Botirovalar sertifikat bilan taqdirlandi.
Barcha fahirli o’rin va ishtirok uchun sertifikat sohiblari institut Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ushbu sport tadbiri institut Kasaba uyushma qo’mitasi raisi tashabbusi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqining institut yetakchisi qullovida tantanali tarzda o’tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan